Sayt yasashdan tortib arizalarni qabul qilishgacha — Pageifyʼdagi barcha imkoniyatlar mavzular boʻyicha bir sahifada.
Boʻsh sahifadan boshlash shart emas: AI, tayyor shablon yoki boʻlimlardan yigʻasiz.
Biznesingiz haqida bir necha savolga javob berasiz, AI bir nechta dizayn yoʻnalishini taklif qiladi. Tanlaganingiz asosida matnlari bilan tayyor sayt yasaydi.
Yoqmagan joyini oddiy soʻz bilan aytasiz: «sarlavhani qisqaroq qil», «narxlar boʻlimini qoʻsh».
Turli sohalar uchun tayyor saytlar. Siz tanlagan shablon boshqa hech kimga taklif qilinmaydi.
Narxlar, xizmatlar, savol-javob kabi tayyor boʻlimlar saytingiz ranglari va shriftlariga oʻzi moslashadi.
Har bir sayt kompyuter, planshet va telefon uchun alohida moslanadi.
Biznes egasi uchun oddiy Editor, dizayner uchun toʻliq Studio — ikkalasi bitta saytda.
Sayt qanday koʻrinsa, shunday ochiladi: matn, rasm yoki narxni bosasiz va oʻzgartirasiz. Telefondan ham.
Toʻliq dizayn muharriri: qatlamlar, stillar, animatsiyalar va komponentlar. Har qanday maket kodsiz yasaladi.
Bir sahifada bir necha kishi ishlaydi: jonli kursorlar koʻrinadi, birov tahrirlayotgan element boshqalarga qulflanadi.
Sahifaning oldingi holatlari saqlanadi. Kerakli joyga jamoangiz uchun izoh qoldirasiz.
Yangiliklar, xizmatlar, mahsulotlar, jamoa — har biri alohida toʻplam. Yangi yozuv qoʻshasiz va u saytda oʻzi chiqadi.
Maqola yoki mahsulot uchun alohida sahifa bitta dizayndan oʻzi yasaladi.
Saralash, qidiruv, sahifalarga boʻlish va «Koʻproq» tugmasi.
Yozuvni oldindan tayyorlab, kerakli kunga qoʻyasiz. Chop etishdan oldin havola orqali koʻrsatib olasiz.
Roʻyxat har soat, kun yoki hafta navbatdagi yozuvlarni koʻrsatadi.
Blog va yangiliklar uchun avtomatik.
Forma maydonidagi variantlar toʻplamdan olinadi, masalan shifokorlar roʻyxati.
Saytdagi har bir forma mijoz yozgan zahoti sizga yetib boradi.
Ariza shu zahoti sizga yoki jamoangizning Telegram guruhiga keladi.
Barcha arizalar bir joyda saqlanadi: kim, qachon va qaysi saytdan yozgani.
CSV fayl yoki Google Sheets jadvaliga.
Telefon maydoni +998 formatida toʻldiriladi, botlar yuborgan arizalar chetlab oʻtiladi.
Google va Yandex uchun kerakli sozlamalar sayt bilan birga keladi.
Har bir sahifaning sarlavhasi, tavsifi va ijtimoiy tarmoqdagi koʻrinishi
sitemap.xml, robots.txt va tillar uchun hreflang — avtomatik
Google Search Console va Yandex Webmaster
301 yoʻnaltirishlar va oʻz 404 sahifangiz
Tez ochiladigan sahifalar
Reklamaga sarflangan pul nechta mijoz olib kelganini bilasiz.
Meta Pixel, Google Analytics 4 va Yandex Metrika — kodsiz
Har bir ariza reklama kabinetida natija boʻlib koʻrinadi
Meta Conversions API: arizalar serverdan ham yuboriladi
Facebook akkauntingiz orqali bir bosishda ulash
54 ta til, arab yozuvidagi tillar ham. Mijozingiz saytni oʻz tilida oʻqiydi.
Oʻzbekcha
Ўзбекча
Русский
English
Qaraqalpaqsha
Қазақша
Кыргызча
Тоҷикӣ
Türkçe
Deutsch
العربية
中文
한국어
va boshqalar
Tarjimalar alohida saqlanadi, dizayn esa bitta.
Mehmon istalgan sahifada tilni bir bosishda almashtiradi.
Har bir til qidiruv tizimlariga alohida koʻrsatiladi.
Xodimlarga oʻz parolingizni bermaysiz — har biri oʻz akkaunti bilan, faqat kerakli huquq bilan ishlaydi.
Kimdir matnlarni oʻzgartiradi, kimdir faqat arizalarni koʻradi. Oʻz rollaringizni ham yaratasiz.
Workspace Telegram ichida ham ochiladi.
Saytni boshqa akkauntga bitta havola bilan oʻtkazasiz: dizayner tayyorlaydi, egasi yuritadi.
Saytingiz bizning serverlarda ishlaydi, lekin u doim sizniki.
nom.pageify.site — darhol.
SSL sertifikati bilan.
Butun sayt fayllar koʻrinishida.
FTP, S3, Netlify, Vercel, Cloudflare yoki GitHubʼga bir bosishda.
Pageify oddiy, lekin cheklovsiz: kerak boʻlsa, chuqurroq kirasiz.
Figmaʼdagi maketni tahrirlanadigan elementlarga aylantiradi.
Ikonlar, xarita, QR-kod va sahifa tekshiruvi.
HTML va JavaScript sayt yoki sahifa uchun, elementlarga hodisalar.
Claude va boshqa AI ilovalar saytlaringiz bilan ishlay oladi.