Maxfiylik siyosati

1.0-tahrir, 2026-yil 1-noyabr. pageify.uz saytida eʼlon qilingan paytdan kuchga kiradi.

Ushbu Siyosat Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 2-iyuldagi «Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisida»gi OʻRQ-547-son Qonuni (2026-yil 26-martdagi OʻRQ-1125-son Qonun bilan kiritilgan oʻzgartishlarni hisobga olgan holda) asosida tayyorlangan va Ommaviy ofertadan ajralmas hisoblanadi.

Siyosatning asl matni — oʻzbek tilida. Ruscha matn uning tarjimasi; ular orasida farq boʻlsa, oʻzbekcha matnga amal qilinadi.

1. Umumiy qoidalar

1.1. Ushbu siyosat Pageify (keyingi oʻrinlarda — biz) qaysi shaxsga doir maʼlumotlarni yigʻishi, ulardan qanday foydalanishi va qanday himoya qilishini tushuntiradi.

1.2. Maʼlumotlar operatori: Bahromov Tohir, oʻzini oʻzi band qilgan shaxs. Aloqa: +998 93 515-98-79, @pageify_uz_bot.

2. Ikki xil maʼlumot

2.1. Mijozlarimiz haqidagi maʼlumotlar — Pageifyʼdan foydalanuvchi biznes egalari va ularning xodimlari. Bu maʼlumotlar uchun biz javobgarmiz.

2.2. Mijozlarimiz saytlariga tashrif buyuruvchilar maʼlumotlari — masalan, saytdagi formaga qoldirilgan ism va telefon. Bu maʼlumotlarning egasi — sayt egasi (bizning mijozimiz); biz ularni faqat uning topshirigʻi bilan saqlaymiz va unga yetkazamiz.

3. Qanday maʼlumotlarni yigʻamiz

3.1. Roʻyxatdan oʻtishda: telefon raqami, ism, Telegram orqali kirsangiz — Telegram ID va foydalanuvchi nomi, Google orqali kirsangiz — elektron pochta va ism.

3.2. Foydalanish jarayonida: saytlaringiz, ularning kontenti va fayllari; jamoa aʼzolari; sozlamalar; AI vositalariga yozgan soʻrovlaringiz.

3.3. Toʻlovda: toʻlov summasi, sanasi, toʻlov tizimidagi tranzaksiya raqami va fiskal chek havolasi. Karta raqami saqlanmaydi: toʻlov tizimi sahifasida toʻlasangiz, u bizga umuman kelmaydi; kartani avtomatik toʻlov uchun saqlasangiz, u bir marta toʻlov tizimiga uzatiladi, bizda esa faqat yashirilgan raqam (birinchi va oxirgi 4 raqam) va toʻlov tizimi bergan kalit qoladi.

3.4. Texnik maʼlumotlar: IP manzil, brauzer turi, kirish vaqti — xavfsizlik va xatolarni topish uchun.

3.5. Saytlarga tashrif buyuruvchilardan: sayt egasi formada soʻragan maydonlar (odatda ism, telefon, xabar), qaysi sahifadan va qachon yuborilgani, reklama belgilari (UTM).

3.6. Sayt statistikasi: sahifa ochilganda mamlakat va viloyat, ochilgan sahifa, trafik manbai va qurilma turi kunlik jami sonlar sifatida hisoblanadi. Tashrif buyuruvchining IP manzili saqlanmaydi; takroriy tashriflarni ajratish uchun ishlatiladigan belgi har kuni yangilanadi va 2 kundan keyin oʻchiriladi.

4. Nima uchun foydalanamiz

  • xizmatni koʻrsatish: saytni saqlash, chop etish, arizalarni yetkazish;

  • toʻlovlarni qabul qilish va hisob-kitob;

  • muhim xabarlar: davr tugashi haqida eslatma, xavfsizlik, xizmat oʻzgarishlari;

  • yordam koʻrsatish (/support);

  • xizmatni yaxshilash va suiisteʼmolning oldini olish.

Maʼlumotlaringizni sotmaymiz va reklama uchun uchinchi shaxslarga bermaymiz.

5. Kimga uzatiladi

Xizmat ishlashi uchun zarur boʻlgan hollardagina:

  • Telegram — kirish, bildirishnomalar, arizalarni yetkazish: Telegram ID, xabar matni.

  • Google — Google orqali kirish; Google Sheetsʼga eksport (agar siz yoqsangiz): elektron pochta; ariza maʼlumotlari.

  • Toʻlov tizimlari — toʻlov qabul qilish: summa, toʻlov raqami; kartani saqlashda karta raqami.

  • AI provayderlar — AI vositalari (sayt yaratish, tahrir): soʻrov matni va sahifa mazmuni.

  • Meta, Google Analytics, Yandex Metrika — faqat sayt egasi oʻz saytida yoqsa: sayt egasi sozlagan voqealar.

  • Meta (Pageify reklamasi) — Pageify reklamasi natijasini oʻlchash, pageify.uz saytida cookie fayllariga rozilik bergan foydalanuvchilar uchungina: kirish usuli, roʻyxatdan oʻtish, toʻlov summasi va tarif nomi; Meta Pixel cookie identifikatorlari; brauzer turi.

AI provayderlar Oʻzbekistondan tashqarida joylashgan. Ularga faqat AI vositasiga siz yozgan soʻrov va ishlanayotgan sahifa mazmuni yuboriladi; saytlaringizga kelgan arizalar va tashrif buyuruvchilar maʼlumotlari yuborilmaydi. Soʻrovlarga boshqa shaxslarning shaxsga doir maʼlumotlarini yozmasligingizni soʻraymiz. Maʼlumotlarni chet elga uzatish qonun talablariga muvofiq amalga oshiriladi.

Qonun talab qilgan hollarda maʼlumotlar vakolatli davlat organlariga beriladi.

6. Cookie fayllar

6.1. pageify.uz va Workspace kirish holatini saqlash uchun zarur cookie fayllardan foydalanadi.

6.2. Analitika va reklama cookie fayllari faqat siz roziligingizni bergandan keyin yoqiladi.

6.3. Mijozlarimiz saytlarida qaysi cookie ishlatilishini sayt egasi belgilaydi.

7. Saqlash muddati

  • Akkaunt maʼlumotlari — akkaunt mavjud ekan.

  • Toʻlov maʼlumotlari — soliq qonunchiligida belgilangan muddat (hozir 3 yil).

  • Texnik loglar — 90 kungacha.

  • Akkaunt oʻchirilgach yoki Workspace toʻlanmagani uchun muzlatilgach, maʼlumotlar 60 kun ichida oʻchiriladi (zaxira nusxalaridan ham).

8. Himoya

Maʼlumotlar shifrlangan ulanish (HTTPS) orqali uzatiladi. Kirish huquqlari rollar boʻyicha cheklangan. Parollar ochiq koʻrinishda saqlanmaydi. Toʻlov kalitlari va maxfiy kalitlar alohida saqlanadi.

9. Sizning huquqlaringiz

Siz quyidagilarni soʻrashingiz mumkin: maʼlumotlaringiz bilan tanishish, ularni tuzatish, oʻchirish, rozilikni qaytarib olish. Murojaat: @pageify_uz_bot (/support) yoki +998 93 515-98-79. Javob — 10 ish kuni ichida.

Saytimiz tashrif buyuruvchisi boʻlsangiz va maʼlumotingiz biror biznes saytida qoldirilgan boʻlsa — avval oʻsha sayt egasiga murojaat qiling.

10. Oʻzgarishlar

Siyosat yangilanganda yangi tahrir shu sahifada eʼlon qilinadi; muhim oʻzgarishlar haqida Workspace orqali xabar beriladi.