5 ta ekran oʻlchami
Katta monitor, kompyuter, planshet va telefonning ikki holati. Kompyuterdagi dizayn kichik ekranlarga oʻtadi, telefonda oʻzgartirganingiz esa kompyuterga tegmaydi.
Mijozlaringizga saytni Pageify Studioʼda yasaysiz va ularning akkauntiga topshirasiz. Mijoz tarifni oʻzi, soʻmda toʻlaydi — dollar ham, xorijiy karta ham kerak emas.
Dizayn tayyor, mijozga yoqdi. Lekin gap platforma toʻloviga kelganda hammasi toʻxtab qoladi.
Siz
Sayt tayyor. Endi platforma uchun oyiga 20–30 dollar toʻlash kerak.
Siz
Toʻlov xorijiy karta bilan, dollarda boʻladi.
Mijoz
Qimmat ekan. Balki keyinroq qilarmiz…
Chet el platformalari qimmat va valyutada toʻlanadi — shuning uchun tayyor ish ham mijozsiz qoladi.
Sayt sizning workspaceʼingizda yasaladi, keyin bitta havola bilan mijozga oʻtadi.
Biznes tarifida — bir nechta mijoz sayti, jamoangiz bilan birga.
Bitta havola bilan: sahifalar, CMS kontenti, kelgan arizalar va rasmlar hammasi oʻtadi. Sayt manzili oʻzgarmaydi.
Personal tarifi —
49 000 soʻm / oy
: oʻz domeni, cheksiz arizalar va Telegramʼga xabar.
Andozaga bogʻlanmaysiz. Quyidagi rasmlarning har biri — Studioʼning oʻzidan.
Katta monitor, kompyuter, planshet va telefonning ikki holati. Kompyuterdagi dizayn kichik ekranlarga oʻtadi, telefonda oʻzgartirganingiz esa kompyuterga tegmaydi.
Bosish, hover, scroll yoki sahifa ochilishiga trigger qoʻyasiz va harakatni vaqt shkalasida yigʻasiz. Kod yozilmaydi.
Butun saytning holatlari — masalan, yorugʻ va qorongʻi mavzu — hamda elementlarning oʻz holatlari: ochiq va yopiq, tanlangan, hover.
Element turi, havolasi, rasmni kattalashtirish, accessibility va kengaytirilgan sozlamalar: teg, ID, atributlar.
Saytning ranglari va shriftlari bir joyda. Rangni bir marta oʻzgartirsangiz, butun saytda oʻzgaradi; har bir rangning qorongʻi mavzu uchun qiymati bor.
Container, grid, matn, rasm, video, jadval va boshqalar. Presetlar — tayyor ishlaydigan qismlar: telefon menyusi, til almashtirgich, accordion, tablar, modal, slayder va karusel.
Narxlar, savol-javob, jamoa kabi tayyor boʻlimlar saytingizning ranglari va shriftlarida koʻrinadi va bir bosishda qoʻshiladi.
Bir marta yasaysiz — hamma nusxasi birga oʻzgaradi: header, footer, kartochkalar. Modal, drawer va pop-up oynalari ham bir marta loyihalanadi.
Sahifalar, 404 sahifasi va kolleksiyalar: katalog, yangiliklar, blog. Har bir yozuvning oʻz sahifasi bitta dizayndan yasaladi.
Ikonkalar va brend logolari, Google shriftlari, Lottie animatsiyalar, Google va Yandex xaritalari, QR-kod hamda sahifa tekshiruvi: kontrast, SEO va accessibility.
Sayt va har bir sahifa uchun head, body va CSS fayllari, elementlarga JavaScript hodisalari. Butun saytni ZIP qilib yuklab olasiz.
AI sahifani yasaydi yoki aytganingizcha oʻzgartiradi, natijani esa oʻzingiz qoʻlda davom ettirasiz.
Bir sahifada bir necha kishi ishlaydi va bir-birini koʻradi.
Kim sahifada ekani yuqorida koʻrinadi, har kimning kursori va tanlagan elementi — oʻz rangi va ismi bilan. Birov tahrirlayotgan element boshqalarga qulflanadi, oʻzgarishlar hammada darhol koʻrinadi.
Sahifaning kerakli joyiga izoh qoldirasiz. Mijoz ham Editordan izoh yozadi — u qayerni nazarda tutgani aniq koʻrinadi.
Kim nima qila olishini oʻzingiz belgilaysiz: dizayn, nashr, eksport, kod, AI — har biri alohida ruxsat. Oʻz rollaringizni ham yaratasiz.
Sayt tayyor boʻlgach, mijoz uni oʻzi yuritadi — yoki uni oʻz hostingiga olib ketadi.
Mijoz saytni qanday koʻrinsa, shunday ochadi: matn, rasm va narxni oʻzi oʻzgartiradi. Siz yasagan dizayn buzilmaydi.
Biznes tarifida saytning statik nusxasini ZIP faylda yuklab olasiz yoki mijozning hostingiga ulaysiz: FTP, SFTP, Netlify, Cloudflare Pages yoki GitHub. Har nashr va CMS oʻzgarishidan keyin nusxa oʻzi yangilanadi.
Oʻzingizga qulay asboblardan Pageifyʼga.
Figmaʼda freymlarni tanlaysiz, plagin ularni nusxalaydi, Studioʼda Ctrl + V bosasiz: auto layout, shriftlar, rasmlar va komponentlar tahrirlanadigan elementlarga aylanadi.
Workspaceʼni AI ilovangizga bir bosishda ulaysiz — u saytlaringizni sizning ruxsatlaringiz bilan oʻzgartiradi. Har bir oʻzgarish roʻyxatda qoladi va qaytarib olinadi.
Mijozingizning saytiga kirgan odam uni chet eldan emas, shu yerning oʻzidan oladi — shuning uchun sayt tez ochiladi, mijoz kutib oʻtirmaydi.
Meta Pixel, Google Analytics va Yandex Metrika — kodsiz
Qaysi reklama qancha ariza olib kelgani koʻrinadi
Arizalar mijozning Telegramʼiga darhol keladi
Google Search Console va Yandex Webmaster