Blog

10-noyabr, 2026

·

4

daqiqa

Pageify 1.0: biznesingiz uchun sayt, endi hamma uchun

Pageifyʼning birinchi toʻliq versiyasi chiqdi. Sayt yasash, arizalarni qabul qilish va mijozlar qayerdan kelayotganini bilish — hammasi bitta joyda.

Pageify 1.0: biznesingiz uchun sayt, endi hamma uchun

Bugun Pageifyʼning birinchi toʻliq versiyasini ishga tushirdik. Maqsadimiz oddiy: Oʻzbekistondagi har bir biznes dasturchisiz, oʻzi boshqaradigan saytga ega boʻlsin.

Sayt — bir necha daqiqada

Biznesingiz haqida yozasiz, AI savollar berib, sahifani yasab beradi. Yoki tayyor shablon va sectionlardan yigʻasiz.

Oʻzgartirish — sahifaning oʻzida

Matn, narx yoki rasmni bosasiz va almashtirasiz — telefondan ham. Murakkabroq dizayn uchun Studio bor: animatsiyalar, holatlar, istalgan joylashuv.

Arizalar — Telegramʼda

Saytdagi forma toʻldirilishi bilan ariza Telegramʼga keladi. Workspaceʼda esa doskada holatlar boʻyicha yuritasiz: yangi, koʻrib chiqildi, mijoz boʻldi.

Mijoz qayerdan keldi

Statistika sahifasi tashriflarni, Instagram, Google va Telegramʼdan kelganlarni va ulardan nechtasi ariza qoldirganini koʻrsatadi. Meta Pixel, Google Analytics va Yandex Metrika bir necha bosishda ulanadi.

Blog va katalog

Yangiliklar, mahsulotlar va xizmatlar roʻyxatini CMS orqali yuritasiz: yangi yozuv qoʻshsangiz, saytda oʻzi chiqadi.

Oʻz domeningiz va bir nechta til

Saytni oʻz domeningizga ulaysiz, oʻzbek va rus tillarida yuritasiz.

Tariflar

Bepul tarifda boshlaysiz. Personal — oyiga 49 000 soʻm, Biznes — oyiga 109 000 soʻm. Toʻlov sizga qulay mahalliy toʻlov tizimlari orqali.

Serverlar Oʻzbekistonda

Saytlar mahalliy foydalanuvchilarga tez ochiladi.

Boshlash uchun pageify.uzʼda roʻyxatdan oʻting yoki Telegramʼda @pageify_uz_bot botimizda /start bosing.