Tayyor sahifalar

Onlayn toʻy taklifnomasi

Mehmonlarga bitta havola yuborasiz. Ular taklifnomani telefonda ochadi, toʻygacha qolgan vaqtni koʻradi, toʻyxonani xaritadan topadi va kelish-kelmasligini shu yerning oʻzida aytadi.

Bir marta toʻlanadi

Shablon tanlash

Taklifnoma shablonlari

Shablonlar yuklanmoqda…

Mehmon bilishi kerak boʻlgan hamma narsa bir sahifada

Matnlar, sana, manzil va suratlarni oʻzingizniki bilan almashtirasiz — dizayn oʻzgarmaydi.

Toʻygacha qolgan vaqt

Kun, soat, daqiqa va soniya oʻzi sanab boradi.

Toʻy dasturi

Mehmonlarni kutib olishdan toʻy kechasigacha — vaqtlari bilan.

Manzil va xarita

Toʻyxona xaritada, bir bosishda yoʻl koʻrsatkichi ochiladi.

Mehmonlar javobi Telegramga

Kim keladi va necha kishi bilan — javoblar Telegramingizga va Workspaceʼga keladi.

Suratlar

Kelin-kuyov surati va galereya — bosilsa katta ochiladi.

Kiyinish uslubi

Mehmonlar toʻyga qanday ranglarda kelishini oldindan bilsin.

Bir kechada tayyor

Dasturchi ham, dizayner ham kerak emas — telefoningizdan ham qilasiz.

Shablonni tanlab, Click orqali toʻlaysiz

Bir marta, shablon narxida. Tarif sotib olish shart emas.

Oʻzingizniki qilasiz

Toʻlovdan keyin taklifnoma oʻzi yaratiladi: ismlar, sana, toʻyxona, dastur va suratlarni Editorʼda almashtirasiz.

Havolani yuborasiz

Telegram, WhatsApp yoki SMS orqali — mehmonlar javobini kutasiz.

Savollar

Taklifnoma qancha vaqt ochiq turadi?

Narxi yonida yozilgan muddat davomida. Undan keyin u internetdan olinadi, lekin hamma matn va suratlari hisobingizda saqlanib qoladi.

Tarif sotib olishim kerakmi?

Yoʻq. Bepul hisob ochasiz va taklifnomani alohida, bir marta toʻlab olasiz. U tarifingizdagi saytlar soniga kirmaydi.

Mehmonlar javobini qayerda koʻraman?

Har bir javob Workspaceʼdagi Lidlar boʻlimiga va Telegram ulansa — Telegramingizga keladi: ismi, telefoni, keladimi va necha kishi bilan.

Taklifnomada Pageify belgisi chiqadimi?

Yoʻq, toʻlangan taklifnomada hech qanday belgi yoʻq.

Toʻyingizga taklifnomani bugun yarating

Shablon tanlash