Pageify yoki AI konstruktor?

AI bilan sayt yasaydigan konstruktorlar tez natija beradi. Lekin sayt tayyor boʻlgach, uni qanday oʻzgartirasiz? Pageify'da AI ham yordam beradi, saytni oʻzingiz ham erkin oʻzgartirasiz.

Har bir AI konstruktor oʻziga xos. Quyida ularda koʻp uchraydigan yondashuvlar va Pageify'dagi yoʻl yonma-yon.

Koʻp AI konstruktorlarda

Pageify'da

Faqat prompt orqali

Saytni faqat AI'ga yozib oʻzgartirasiz. Bitta tugmani surish uchun ham tushuntirib berasiz va AI toʻgʻri tushunishini kutasiz.

AI bilan ham, qoʻlda ham

Xohlasangiz AI'ga yozasiz, xohlasangiz elementni bosib oʻzingiz oʻzgartirasiz. Studio'da har bir matn, rasm, rang va joylashuv qoʻl ostingizda.

Har oʻzgarish tokenga bogʻliq

Har bir soʻrov token yoki kredit yeydi. Kreditlar tugasa, saytingizdagi bitta vergulni ham tuzata olmay qolasiz.

Qoʻlda oʻzgartirish kredit yemaydi

AI kreditlari faqat AI ishlaganda sarflanadi. Studio va Editor'da oʻzingiz qilgan oʻzgarishlar kreditga bogʻliq emas: kreditlar tugasa ham saytingizni tahrirlayverasiz.

Oʻzingiz faqat kod orqali

Oʻzim oʻzgartiraman desangiz, AI yozgan kodni ochib berishadi. Dasturchi boʻlmasangiz, u yerda nimani qayerdan oʻzgartirishni topish qiyin.

Vizual muharrir, kod shart emas

Studio'da sahifani koʻrib turib oʻzgartirasiz: joylashuv, shriftlar, ranglar, animatsiyalar, telefon va planshet uchun alohida koʻrinish. Mijozingiz esa matn, rasm va narxni Editor'da telefondan oʻzgartiradi. Kod yozishni bilsangiz, oʻz kodingizni ham qoʻsha olasiz.

Tayyor shablondan tanlab beradi

Ayrim AI konstruktorlar saytni noldan yasamaydi: mavjud shablonlardan biznesingizga mosini tanlab, matn va rasmlarini almashtirib beradi. Natijada sayt boshqalarnikiga oʻxshab qoladi.

Sahifa sizning biznesingiz uchun yasaladi

Pageify'ning AI'si avval biznesingiz haqida soʻraydi, keyin sahifani shu biznes uchun noldan yasaydi. Yoqqan saytning manzilini bersangiz, undan ilhom oladi. Tayyor shablonlar ham bor, lekin ular majburiy emas.

Pageify'da nimalar bor

Sayt yaratish, uni boshqarish va saytdan kelgan mijozlarni kuzatish uchun kerakli narsalar bir joyda.

Oʻzingiz yasaysiz

  • Studio

    Figma'ga oʻxshash vizual muharrir: har qanday dizaynni kodsiz yasaysiz.

  • Editor

    Matn, rasm, narx va boʻlimlarni telefondan oʻzgartirish, dizaynni buzmasdan.

  • Animatsiyalar

    Bosilganda, ustiga kelganda, koʻrinishga kirganda va scroll boʻyicha.

  • Jamoa bilan birga

    Bir sahifada bir vaqtda ishlash, kim nimani oʻzgartirayotgani koʻrinadi.

AI yordam beradi

  • AI yordamchi

    Sahifani yasaydi, boʻlim qoʻshadi, matnlarni yozadi va tarjima qiladi.

  • Oʻz AI ilovangiz (MCP)

    Claude kabi AI ilovani saytingizga ulaysiz, u Pageify kreditlarini sarflamaydi.

  • Namuna boʻyicha

    Yoqqan saytning manzili yoki skrinshotini berasiz, AI shunga oʻxshatib yasaydi.

  • Rasm topish

    Sahifaga mos bepul fotosuratlarni topib, media kutubxonangizga qoʻshadi.

Biznesingiz uchun

  • Arizalar Telegram'ga

    Formadan kelgan arizalar Workspace'ga va Telegram'ingizga tushadi.

  • CMS

    Blog, yangiliklar, katalog va xizmatlar roʻyxatini oson yuritasiz.

  • 54 til

    Koʻp tilli sayt, tillar uchun alohida pul toʻlamasdan.

  • Tez saytlar

    Saytlar tayyor HTML boʻlib chiqadi, keraksiz kod yuklanmaydi.

  • Soʻmda toʻlov

    Sizga qulay mahalliy toʻlov tizimlari orqali.

Koʻp beriladigan savollar

AI kreditlari tugasa nima boʻladi?

Saytingiz ishlashda davom etadi va uni Studio hamda Editor'da oʻzingiz bemalol oʻzgartirasiz. Kreditlar faqat AI yordamchidan foydalanish uchun kerak.

Kod yozishni bilishim kerakmi?

Yoʻq. Studio'da hamma narsa vizual: elementni bosasiz va oʻzgartirasiz. Kod faqat xohlaganlar uchun qoʻshimcha imkoniyat.

AI saytni shablondan yasaydimi?

Yoʻq. AI biznesingiz haqida soʻraydi va sahifani noldan yasaydi. Tayyor shablondan boshlashni xohlasangiz, shablonlar katalogi ham bor.

Oʻzimning AI ilovamni ulasam boʻladimi?

Ha. MCP orqali Claude kabi AI ilovani saytingizga ulaysiz: u sahifalarni oʻqiydi va oʻzgartiradi. Bunda Pageify kreditlari sarflanmaydi, har bir oʻzgarishni qaytarish mumkin.

Oʻzingiz sinab koʻring — bepul tarifda, karta kerak emas.

Bepul boshlash